Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
TUMAR MAHALLASIDAGI YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI YAKUNIGA YETKAZILMOQDA

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hamda tegishli mas’ullar Tumar mahallasida bunyod etilayotgan yangi Dehqon bozoridagi qurilish jarayonlarini o‘rgandilar.

Ayni paytda bozor qurilishi yakuniy bosqichga kirgan bo‘lib, hududdagi savdo do‘konlarida ichki pardozlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, bozor hududini obodonlashtirish va savdo shoxobchalarini foydalanishga tayyor holatga keltirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Yangi Dehqon bozori zamonaviy talablarga mos infratuzilmaga ega bo‘lishi, aholiga qulay sharoit yaratishi hamda tadbirkorlar uchun munosib savdo imkoniyatlarini taqdim etishi ko‘zda tutilgan.

Mas’ullarga qurilish va pardozlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish hamda obyektni foydalanishga topshirish bilan bog‘liq ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 10