Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan 1-son texnikumi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning bugungi kundagi faoliyati, kitob fondining holati, mavjud adabiyotlarning mazmun-mohiyati, ularning saqlanishi va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📖 Ayniqsa, texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlarga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, kutubxonadan foydalanish samaradorligini oshirish, kitob fondini zamonaviy va yangi adabiyotlar bilan boyitish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasida turli kitobxonlik tadbirlari, davra suhbatlari, mutolaa kechalari va targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchi-yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Zero, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularning bilim va tafakkurini kengaytirishda kutubxonalar muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3