Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev tomonidan Do‘stlik MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 6-bandi — mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan hududdagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud masalalarni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda muammoli oilalar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muhitni yaxshilash hamda turli muammolarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Deputat tomonidan mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.