Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi 16-Ko‘chkak saylov okrugidan saylangan deputat B.Qodirov bilan birgalikda To‘da mahallasida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorining ish faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektorining mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla raisi va faollari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda boshqa mas’ullar bilan hamkorligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori faoliyatini mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan manzilli ishlash va aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish nuqtai nazaridan yanada kuchaytirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Slide 1 of 3