Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Deputatlik so‘rovi natijasida Istirohat ko'chasidagi muammo bartaraf etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Uchtepa_deputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi natijasida Istirohat ko'chasidagi muammo bartaraf etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "3-Istirohat" okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan fuqarolar murojaatiga asosan Uchtepa tumani Istirohat mahallasi, Istirohat ko‘chasining oxirgi aylanma harakatlanish qismiga yaqin hududda (63-A uy old qismida) ayrim avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda yashil maydon o‘rtasidan harakat yo‘nalishi sifatida foydalanish holatlari kuzatilayotganligi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Javobda ma’lum qilinishicha, yuqoridagi masala yuzasidan mas'ullar ishtirokida o'rganish o'tkazilganligi, o‘rganish davomida mazkur hududda avtotransport vositalarining yashil maydon hamda piyodalar harakati uchun mo‘ljallanmagan qism orqali harakatlanishining oldini olish, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rilganligi qayd etildi.

🕯 Xususan, avtomashinalarning yashil maydon orqali o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mazkur joyning ikki tomoniga beton to‘siqlar o‘rnatilganligi, deputat so‘rovida ko‘rsatilgan masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rilganligini ma’lum qilindi.

💼 Ushbu masala Kengash kotibiyati tomonidan joyiga chiqib o'rganilib, haqiqatda muammo bartaraf etilgani yuzasidan asosli ma'lumotlar olindi.

Slide 1 of 4