Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Sayyor qabul: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda

Sayyor qabul: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi S. Muminov boshchiligida aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Joriy sayyor qabul Namangan shahar 22-Barakmol avlod saylov okrugi hududiga kiruvchi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv tarzida tashkil etildi.

Unda Namangan shahar Kengashi deputatlari Z. Sapaev, S. Gapparova va B. Xalilov ham ishtirok etdi.

Qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda jami 19 ta murojaat bildirildi. Murojaatlarning 12 tasi joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan 7 ta masala esa qo‘shimcha o‘rganishni talab etgani bois, tegishli tartibda ijroga qabul qilindi.

Sayyor qabullar orqali aholi muammolarini joyida hal etish, fuqarolar roziligini ta’minlash, shuningdek deputatlik faoliyatida ochiqlik va samaradorlikni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 5