Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Zamonaviy ta’lim — Qoraqalpog‘iston taraqqiyotining muhim omili


🎓 Zamonaviy ta’lim — Qoraqalpog‘iston taraqqiyotining muhim omili

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida ta’lim va yoshlar uchun belgilangan vazifalar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

💬 “Maktab — bolaning kelajakdagi hayotiga yo‘l ochadigan muhim maskan. Shu sababli bugungi ta’lim jarayonida faqat nazariy bilim bilan cheklanib qolmasdan, o‘quvchining qiziqishi, qobiliyati va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishiga ham e’tibor qaratish zarur.

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ta’lim sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xususan, Nukus shahridagi 1-son texnikumda xalqaro ta’lim dasturi asosida malakali kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani ham bu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy ifodasidir.

Men deputat va maktab rahbari sifatida men uchun ushbu vazifalarning eng muhim jihati — o‘quvchini bugundan boshlab kelajak kasbiga tayyorlash masalasidir. Buning uchun maktab, ota-ona, pedagog va mahalla hamkorligi yanada mustahkam bo‘lishi kerak.

Bugun o‘quvchiga sifatli bilim berish bilan birga, uning zamonaviy kasblarga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash — ertangi kun uchun malakali kadrlar tayyorlash demakdir.

📚 Ta’limga berilgan e’tibor — yoshlarning kelajagiga, demakki, hududning kelajagiga berilgan e’tibordir.”

— Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat.