Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#Deputat_faoliyati #Inson_qadri_uchun #Saylovchilar_bilan_muloqot #Aholini_qollab_quvvatlash

🏛 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 15-“Jobu” saylov okrugi deputati Qarshiyev Muzaffar Mirzaxmadovich tomonidan hududdagi aholi xonadonlarini oʻrganish va ehtiyojmand oilalarga amaliy koʻmak berish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🤝 Deputat oʻz saylov okrugiga qarashli “Jobu” va “Nurofshon” mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib, xonadonma-xonadon yurgan holda fuqarolarning yashash sharoitlari, taklif hamda ehtiyojlarini atroflicha oʻrgandi.

🎁 Tashrif davomida joylardagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy hamda maʼnaviy jihatdan amaliy yordamlar koʻrsatildi. Fuqarolar bilan kechgan samimiy muloqotlarda ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi va yechimi boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

💬 "Aholi bilan doimiy muloqotda boʻlish, ularning gʻam-tashvishlari va ehtiyojlarini oʻz vaqtida oʻrganib, amaliy yordam berish biz – deputatlarning asosiy burchimizdir," – deydi M.Qarshiyev.

✨ Bu kabi ezgu va savobli tadbirlar saylov okrugi boʻylab izchil ravishda davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5