Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #Deputat_sifatida

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xo‘jasoat” hududiy bo‘limida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, hududiy bo‘limda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Jumladan, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, qurilish jarayonlarining samaradorligi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. Qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4