Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
YANGI BO‘STON MFYDA AHOLI ISSIQXONALARINI SUV BILAN TA’MINLASH MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Usmonov hamda tuman Kengashi deputati E. Rajabov tomonidan Yangi Bo‘ston MFY hududida olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
Navbatdagi o‘rganishlar davomida aholi xonadonlarida bunyod etilgan issiqxonalarning holati, ularda yetishtirilayotgan ekinlarni suv bilan ta’minlash masalalari hamda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ayrim xonadonlardagi issiqxonalarda ekilgan o‘simliklarning suv ta’minotidagi yetishmovchilik sababli nobud bo‘lish holatlari aniqlanib, ushbu muammoni bartaraf etish masalasi deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.
Muammoni amaliy hal etish maqsadida aholi issiqxonalarini zarur suv bilan ta’minlash imkoniyatlari o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda suv yetkazib berish yo‘nalishi va tashkiliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, suv manbasini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda issiqxonalarda yetishtirilayotgan ekinlarni o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddilarga takliflar bildirildi.
Mazkur ishlar orqali aholi xonadonlaridagi issiqxonalardan samarali foydalanish, yetishtirilayotgan mahsulotlarni asrab qolish hamda fuqarolarning daromad manbalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 4