Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
🏘 Mahalla — islohotlarning eng muhim bo‘g‘ini!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumabayev Xos mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Asosiy e’tibor — har bir xonadonning muammosini o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolar uchun munosib daromad manbalarini yaratishga qaratildi.

📌 Maqsad aniq: mahallalarda farovon hayot, oilalarda barqaror daromad va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratish!

Slide 1 of 4