Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
🏘 “Mustaqillik” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

🏘 “Mustaqillik” mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan hududlarda mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, bandlikni ta’minlash hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, vazifalar ijrosi hamda aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni tizimli tashkil etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla yettiligi faoliyatini muntazam o‘rganib borish orqali hududlarda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning qonuniy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4