Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#_munosabat

🔰#munosabat

Pensiya tizimidagi o‘zgarishlar – ijtimoiy himoya va barqarorlik masalasi

✔️Pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal ish stajini bosqichma-bosqich 15 yilga yetkazish taklifi pensiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim masalalardan biridir. Hozirgi tartibda kamida 7 yil ish stajiga ega fuqarolarga to‘liqsiz yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin.
✔️Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan holda pensiyaga chiqayotganlar ulushi ortib bormoqda. Shu sababli tizimni uzoq muddatli barqarorlik nuqtayi nazaridan takomillashtirish masalasi kun tartibiga chiqmoqda.
✔️Biroq bunday o‘zgarishlar aholining ijtimoiy manfaatlariga bevosita ta’sir qilishi sababli, islohotlarni bosqichma-bosqich va aholining turli qatlamlari manfaatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish muhim. Ayniqsa, norasmiy mehnat qilgan, ish faoliyatida uzilishlar bo‘lgan fuqarolarning kelgusidagi pensiya ta’minoti masalasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
✔️Deputat sifatida menimcha, pensiya tizimidagi har qanday yangi mexanizm, avvalo, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mehnatni rasmiylashtirishni rag‘batlantirish hamda kelajakda munosib pensiya olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kerak.

Zilola Shomurodova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,


🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt