Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
“Sadoqat” mahallasida ehtiyojmand xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 8-“Qo‘shchinor” saylov okrugidan saylangan deputati M.Axmedova Qo‘qon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuzilgan shtab tomonidan “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilganligi munosabati bilan mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Birlik ko‘chasi, 52-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi I guruh nogironi F.Abdullayeva xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida fuqaro va uning oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud ehtiyoj va muammolar o‘rganildi. Shuningdek, oilani qo‘llab-quvvatlash, uning ijtimoiy holatini yaxshilash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, xonadon holatini nazoratga olish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1