Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#_24_masala

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Y.Axmedov hamda Kengash kotibiyati mudiri M.O‘razbayev tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va qurilish obektlaridagi sifat darajasini o‘rganish maqsadida navbatdagi deputatlik nazoratini o‘tkazishdi.

O‘rganish tadbiri davomida mas’ullar "Do‘stlik" MFY hududida jadal barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi № 1-sonli (7 qavatli, 42 xonadonga mo‘ljallangan) zamonaviy turar joy binosining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Nazorat davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🏢 Qurilish sifati: Bino poydevori va qavatlarida olib borilayotgan montaj hamda pardozlash ishlarining belgilangan standartlarga mosligi;
⏱️ Muddati va xavfsizlik: Qurilish ishlarining tasdiqlangan grafik asosida borishi hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari va xavfsizlik qoidalari;
💡 Pudrat muassasasi mas’uliyati: Qurilishda sifatli va xavfsiz qurilish materiallaridan foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Tumanimiz aholisini zamonaviy, shinam hamda barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan uy-joylar bilan ta’minlash borasidagi deputatlik nazorati doimiy ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 4