Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
O‘zLiDeP vakillari "Farovon" MFY faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi Alisher Yuldashev hamda tuman Kengashi deputati Madamin Kazakov tomonidan "Farovon" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va aholisi bilan ochiq muloqot hamda uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo`yicha hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🌳 Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish: Mahalla hududida ozodalik va tartibni saqlash, obodonlashtirish ishlarini keng targ‘ib qilish;

🗑 Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish: Maishiy chiqindilarni jadval asosida olib chiqib ketilishi va sanitariya holatini yaxshilash;

🛣 Ichki yo‘llar holati: Mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash va tekislash masalalari;

⚡️ Elektr ta’minoti: Elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash, simyog‘ochlar va transformatorlar holati.

Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolarning takliflari hamda murojaatlari tinglandi. Bildirilgan har bir muammo nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini yuborish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 5