Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
17-BAND IJROSI: Hududdagi obodonlashtirish va chiqindi masalasi o‘rganildi

17-BAND IJROSI: Hududdagi obodonlashtirish va chiqindi masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash hamda navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan deputat O'tkir Shukurov tomonidan Ilm mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 11 ta ko‘cha kesimida obodonlashtirish va chiqindilarni olib chiqib ketish holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, mahallaning 1-ko‘chasi — Sado ko‘chasida maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish holati o‘rganildi.

Mazkur masala yuzasidan ko‘chaboshi A. Nosirov bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud holat va aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

📌 Deputatlik nazorati — muammoni joyida o‘rganish va uning amaliy yechimini ta’minlashdan boshlanadi.

Slide 1 of 1