Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
INSON QADRI UCHUN: IJTIMOIY HIMOYA VA DOIMIY KO‘MAK

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A.Saidaliyev tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoshlar hamda boshqa ehtiyojmand toifadagi fuqarolar bilan ishlash holatini o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli «Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududidagi ko‘p qavatli uylardan yunusobodlik oilalarga xonadonlar ajratilgan.

🏠Deputat A.Saidaliyev tomonidan mazkur xonadonlarda istiqomat qilayotgan oilalarning turmush sharoiti, mavjud ehtiyojlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan talablari o‘rganildi.

🎁Fuqarolarning yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida Yunusobod tumani hokimligi tomonidan zarur maishiy texnika vositalari esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

✅O‘rganish davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoshlar va boshqa ehtiyojmand toifadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini amaliy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2