#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#6_band
#162_qonun
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!
Moch" saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Gulbog'" mahallasida bo‘lib Xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.
Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:
Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;
"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;
Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;
Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish.
O‘rganishlar yakunida Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalarini berildi.