21-sentabr kuni Andijon shahridagi umumta’lim maktablarida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari hamda kelajakda kasb tanlashiga oid muhim mavzular yuzasidan suhbatlar tashkil etildi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Fayzulloh Dadajonov ham mazkur jarayonda ishtirok etib, o‘quvchilar bilan kelajakdagi maqsadlari va kasb tanlovi yuzasidan fikr almashdi.