“Ogoh bo‘ling – is gazi” aksiyasi doirasidagi navbatdagi tadbir Yangibozor tumanidagi “Hamid Olimjon” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati A.Adamov va mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi xonadonlarida isitish tizimlarini muntazam tekshirish va ta’mirlab borish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, is gazining xavfliligi va undan saqlanish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushunchalar berildi.