Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
#munosabat

🔰#munosabat

🔽Markaziy Osiyo – Koreya: yangi imkoniyatlar sari muhim qadam

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqida mintaqalararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surildi.
✔️Xususan, davlatimiz rahbari uzoq muddatli strategik hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, nodir minerallar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda “yashil” taraqqiyot masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va kasblarga o‘qitish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
✔️Deputat sifatida men, ayniqsa, yosh avlod uchun yangi bilim, kasbiy ko‘nikma va xalqaro tajriba olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni muhim deb hisoblayman. Zero, bugungi yoshlar — ertangi taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
✔️Sammitda ilgari surilgan tashabbuslar Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir

👉Nodir Murodov ,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,