Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
"Obod" mahallasida xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi


"Obod" mahallasida xotin-qizlar faolining 6 oylik faoliyati tahlil qilindi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 16-Obod saylov okrugidan saylangan deputat I.Saidaxmedovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tumandagi "Obod" MFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirgan ishlari, erishilgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📌Hisobot davrida hududda quyidagi yo‘nalishlarda sezilarli natijalarga erishilgani qayd etildi:

Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni hunarmandchilik, kasanachilik va tomorqa xizmatiga jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha qilingan ishlar;

Ijtimoiy daftarlar bilan ishlash: "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga manzilli moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni ro‘yxatdan chiqarish borasidagi shaffoflik;

Oilaviy munosabatlar: Mahalladagi oilaviy ajrimlarning oldini olish, notinch oilalar bilan individual ishlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish.

📖O‘rganish jarayonida viloyat va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari xotin-qizlar faolining ish yuritish hujjatlari, murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandilar. Yarim yillik yakunlar bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar e’tirof etilib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2