Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
Deputatlik so‘roviga asosan chiqindilar masalasi o‘rganildi

Deputatlik so‘roviga asosan chiqindilar masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatining 2026-yil 5-sentyabrdagi № 99-ds-409-26-sonli deputatlik so‘rovi asosida Termiz tumani “Navro‘z” MFY hududidagi eski madaniyat binosi yonida maishiy va boshqa turdagi chiqindilarning to‘planib qolganligi masalasi o‘rganildi.

Mazkur murojaat yuzasidan Ekopolitsiyaning Termiz tuman bo‘limi tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida eski madaniyat binosida qurilish va joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar belgilangan joylardan tashqariga, eski madaniyat binosi yoniga chiqarib tashlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro T. Toshpo‘latovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi asosida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, “Navro‘z” MFY hududida eski madaniyat binosi yoniga chiqarib qo‘yilgan chiqindilarni zudlik bilan olib chiqib ketish bo‘yicha tegishli ogohlantirish berildi.

Mazkur holat deputatlik so‘rovlarining hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qilayotganining yana bir amaliy namunasi bo‘ldi.

Obodonlashtirish va atrof-muhit tozaligini ta’minlash — barchamizning umumiy vazifamiz!