Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi yordamchilari ishtirok etib, mahallalarda korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar yuzasidan ham fikr almashildi. Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan.

Unda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5