Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
#Qonun_targ‘iboti

#Qonun_targ‘iboti

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul Abdullayevna tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-406-son, mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur qonun yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Qonun targ‘iboti jarayonida yoshlarning o‘z huquq va imkoniyatlarini bilishi, ulardan samarali foydalanishi hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 1