Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DEPUTAT UCH AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan taklif, murojaat va muammolar tinglanib, ularni amaliy hal etish yuzasidan fikr almashildi. Deputatlar tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijobiy yechimini ta’minlash va bu boradagi ishlarni nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, mahalla hayotida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3