Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA SPORTNI RIVOJLANTIRISH – USTUVOR VAZIFA

YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA SPORTNI RIVOJLANTIRISH – USTUVOR VAZIFA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman yoshlarining iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni o‘zaro hamjihatlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-fevraldagi tegishli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qo‘shko‘pir tumanida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tanlov va musobaqalar taqvimi asosida tashkil etilgan shashka, vorkaut, arqon tortish, tosh ko‘tarish, arg‘imchoqda sakrash, armrestling, mas-restling, stritbol, stol tennisi hamda kurash musobaqalari g‘oliblarini, shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Shijoat va G‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi ishtirokchilarini munosib taqdirlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish, yoshlar tashabbuslarini harataraflama rag‘batlantirish maksadida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 100 000 000 (yuz million) so‘m mablag‘ ajratilishi ma’qullandi.
Ushbu mablag‘larni ajratishni vaqtida va samarali amalga oshirish hamda yakuniy tasdiqlash uchun masalani xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha komissiyaning 2026-yil 12-sentabrdagi DKQ 03-01/91-26-sonli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 1