Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#saylovchilar_bilan_ uchrashuv #muloqot

Aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularga tezkor hamda samarali yechim topish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Bugun Olmaliq shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining:
14-okrug deputati Abdumajid Shodiyev,
15-okrug deputati Ravshan Siddikovlarning Kotibiyatdan biriktirilgan vakili Sevar Qodirova,
1-okrug deputati Faxriddin Matasimovlar hamkorligida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda shahrimizdagi "Terakli", "Abdulla Qodiriy", "Namuna" va "So‘fi Olloyor" mahalla fuqarolari, shuningdek, shahardagi tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda "Mahalla yettiligi" vakillari faol ishtirok etishdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida hudud aholisidan:
Ichki yo‘llarni asfaltlash va ta'mirlash;
Mahalla hududlarini obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash kabi hayotiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Barcha bildirilgan murojaatlar deputatlar va soha mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Qo‘shimcha vaqt hamda o‘rganish talab etadigan masalalar esa deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarga befarq bo‘lmaslik va hududlarni obod qilish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 10