Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
INSON HUQUQLARI VA QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN MONITORING O‘TKAZILADI

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️INSON HUQUQLARI VA QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN MONITORING O‘TKAZILADI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili Baxtiyor Masharipov hamkorligida o‘rganish ishlari olib boriladi.

📍 O‘rganish Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida joylashgan Birinchi mintaqaviy hudud 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonada tashkil etilib, muassasada inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatiga alohida e’tibor qaratiladi.

⚖️ Jarayonda mahkumlarga yaratilgan sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik, sanitariya-gigiyena holati, murojaat qilish imkoniyatlari hamda qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlarning amalda ta’minlanishi o‘rganiladi.

📚 Monitoring davomida mahalliy Kengash deputatlariga biriktirilgan 162 ta muhim qonun ijrosi, shuningdek, deputat faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasidagi tegishli masalalar ham tahlil qilinadi.

📋 Mazkur o‘rganish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘RQ–1002-son Qonun) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunning 44-moddasida mintaqaviy vakilning hududda inson huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazishi, 47-moddasida esa harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga monitoring tashriflarini amalga oshirishi belgilangan.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8