Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida 19-“Ma’rifat” saylov okrugida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Ayritom ko‘chasining “Alpomish” sport o‘yingohi hamda Surxondaryo viloyat filarmoniyasi oralig‘idagi hududda qator kamchiliklar aniqlandi.

120 kv.m yo‘l qismi asfaltlanmay, chala holatda qolgan;

Filarmoniya oldidagi jamoat transporti to‘xtash joyining asfalt qoplamasi yaroqsiz holatga kelgan;

Hududni ko‘kalamzorlashtirish imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmagan;
“Alpomish” sport o‘yingohi bo‘ylab 120 metr piyodalar yo‘lagidagi ayrim bordyurlar siljigan yoki mavjud emas;

Mazkur holatlar piyodalar va transport vositalari harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yo‘l qoplamasini ta’mirlash, jamoat transporti bekatini obodonlashtirish, piyodalar yo‘lagini tartibga keltirish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov tomonidan mas’ul tashkilotlarga tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatda yozma axborot taqdim etilishi so‘raldi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlashdan uni amaliy hal etishgacha!