Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Айрим давлат олий таълим муассасаларининг бошқарув тизими ўзгаради
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
янв.21
ҚОРАСУВ МАҲАЛЛАСИДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
37-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА КУЗ-ҚИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
39-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
58-СОНЛИ МАКТАБДА КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕНГАШ ҚАРОРИ ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
Mahallalar — Yangi O‘zbekiston qiyofasiga aylanmoqda

Termiz shahridagi “Jayhun” hamda “Bo‘ston” mahallalarida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mahallalarni zamonaviy va obod qiyofaga keltirish borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Mazkur tadbirlar Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, 14-Alpomish saylov okrugi deputati Choriyev Abduraim Ravshanovich tashabbusi va ishtirokida tashkil etildi. Nazorat-tahlil tadbirlarida xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-"Bo‘ston" saylov okrugi deputati G.Abramatova kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahallalarda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, hududlarning sanitariya-obodonlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. "Jayhun" mahallasida aholining issiq suv ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Kam ta’minlangan fuqaro xonadonida bo‘lib, uni kambag‘allikdan chiqarish, oilaning daromadini oshirish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, mahalla oqsoqoli hamda ko‘chaboshi fuqarolar bilan muloqot davomida aholining kayfiyati, mahalladagi dolzarb muammolar va takliflar o‘rganildi.

Slide 1 of 6