Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugi deputati Tavasharov Xamro Ziyayevich ishtirokida “Shakarqamish” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga mos ravishda obodonlashtirish, ko‘chalar va jamoat joylarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash, mavjud infratuzilmani tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi va mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni manzilli va sifatli amalga oshirish, mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bajarilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish va “Shakarqamish” mahallasining obodligini ta’minlashga qaratilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4