Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
📊 EKSPERT GURUHI NIMA BILAN SHUG‘ULLANADI?


1️⃣ QAROR VA QONUN LOYIHALARINI EKSPERTIZADAN O‘TKAZISH
·Hujjatlar mosligi: Kengash qarorlari loyihalarini Konstitutsiya, qonunlar va islohotlar maqsadlariga mosligini o‘rganish va tavsiyalar berish.
·Xavflarni aniqlash: Hujjatlarda korrupsiya, gender tengligi buzilishi yoki tadbirkorlikka ortiqcha cheklovlar keltirib chiqaruvchi normalarni aniqlash va tahlil qilish.

2️⃣ DEPUTATLAR VA KOMISSIYALAR FAOLIYATIGA KO‘MAKLASHISH
·Dastlabki ko‘rib chiqish: Kengash sessiyasi kun tartibidagi masalalarni doimiy komissiyalarda muhokama qilishda ishtirok etish.
·Nazorat-tahlil: Nazorat-tahlil tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda, shuningdek qaror loyihalarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatish.

3️⃣ MUTAASSIDLAR VA AHOLI BILAN MULOQOTNI TA’MINLASH
·Jamoatchilik fikri: Aholining huquq va manfaatlariga daxldor muhim masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini tahlil qilish.
·Fuqarolar qabuli: Deputatlarning aholi bilan uchrashuvlari, sayyor qabullari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berish.
·Murojaatlar monitoringi: Rahbarlarning fuqarolar bilan uchrashuvlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish ishlarida qatnashish va monitoring olib borish.

4️⃣ DASTURLAR VA XALQARO TAJRIBANI O‘RGANISH
·Hududiy dasturlar: Hududiy dasturlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hujjatlar loyihalariga takliflar tayyorlash.
·Xalqaro tajriba: Vakillik organlari faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

5️⃣ TADBIRLAR VA HAMKORLIK
·Xalqaro va mahalliy anjumanlar: Kengash tomonidan o‘tkaziladigan konferensiya, seminar hamda "davra suhbatlari"ni tashkil etishda ko‘maklashish.
·Jamoatchilik institutlari: Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

📌 Eslatma: Ekspert guruhi xulosalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1