Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТЛАР ОНЛАЙН СЕМИНАРДА ИШТИРОК ЭТДИЛАР
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИ РЕКОНСТРУКЦИЯ ҚИЛИНАДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ БЎЙИЧА ТАҲЛИЛИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БАНДЛИГИ ВА ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ШТАБ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СУЮЛТИРИЛГАН ГАЗ БАЛЛОНЛАРИ ТАЪМИНОТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТ СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН
Ekologik osoyishtalik — deputatlik nazoratida

Termiz shahrida hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Abdulla Avloniy” mahallasida bo‘lib, hududdagi sanitariya-obodonlashtirish holati va chiqindilarni boshqarish tizimini o‘rgandilar.

Nazorat-tahlil tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etilib, xususan, 17-band — chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholiga qulay sharoit yaratish, chiqindilarning tartibsiz to‘planishi va antisanitariya holatlarining oldini olish maqsadida zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasi qurilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Qurilish ishlarining sifatli yakunlanishi, shoxobchaning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishi hamda kelgusida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimining samarali tashkil etilishi deputatlik nazoratiga olindi.

Obod mahalla — toza muhit, sog‘lom hayot va farovon turmush garovidir!

Slide 1 of 2