35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Avlodlar o‘rtasida tajriba va fikr almashildi

📌 Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

❗️Uchrashuvda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Nuroniy jamg‘armasi Boshqaruvi raisi S. Turdiyev, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. Kalanov, Yashnobod tumani Nuroniy jamg‘armasi raisi B. Xudoyorov, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari U. Muhammadiyev, T. Axmedova va N. Abduroziqova ishtirok etdilar.

❗️Tadbir davomida nuroniylar o‘zlarining boy hayotiy va mehnat tajribalari, bosib o‘tgan hayot yo‘llari haqida yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlarga kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatida muvaffaqiyat tilab, hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda tavsiyalarni bildirdilar.

✅ O‘z navbatida, yoshlarning fikr-mulohazalari, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari ham tinglandi. Uchrashuv avlodlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Slide 1 of 1