35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Infratuzilma loyihalari ijrosi: Deputat nazorati davom etmoqda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Fayzullayev (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8326) hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Temiryo‘lchi” mahallasida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 6-fevraldagi VII-18-7-8-121-K/26-sonli qarori (https://kengash.gov.uz/doc/239452) ijrosini o‘rgandi.

Mazkur qarorning 2-bandi, 2-xat boshisida “Temiryo‘lchi” mahallasida piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda yo‘lakni yoritish ishlari uchun mablag‘ yo‘naltirilishi belgilan bo'lib, qurilish ishlari yakunlanmaganligi kuzatildi.

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla bugungi kunga qadar amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlar ko‘zdan kechirilib, jarayonni jadallashtirish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda oxiriga yetkazish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

"Asosiy maqsadimiz — ajratilgan mablag‘lar hisobidan rejalashtirilgan ishlar sifatli yakunlanib, fuqarolarimiz uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilishiga erishishdir," — deydi X.Fayzullayev.

Slide 1 of 1