35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
"Temiryo‘lchi" mahallasida fuqaroning ijtimoiy xizmatlarga doir murojaati tinglandi!

Termiz shahrida deputatlarning mahallalarga tashriflari faqatgina rasmiy yig‘ilishlar bilan cheklanib qolmasdan, har bir fuqaroning murojaatiga individual yondashish hamda ijtimoiy masalalarni joyida hal etish tamoyili asosida tashkil etilmoqda.

"Temiryo‘lchi" mahallasida "mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar fuqaro murojaatini tingladilar.

Muloqot davomida fuqaro tomonidan asosan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy nafaqalar hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘yicha o‘zini qiynayotgan masalalar o‘rtaga tashlandi.

Qabul davomida deputatlar va mas’ullar fuqaroning dardu tashvishini diqqat bilan tinglab:

• Amaldagi “Ijtimoiy ish to‘g‘risida” 2026-yil 23-iyuldagi O‘RQ–1159-sonli Qonuni doirasida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi;

• Murojaatning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida masala deputat X.Fayzullayevning shaxsiy murojaat daftariga qayd etilib, shahardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda mahalla ijtimoiy xodimiga yo‘naltirildi.

D.Normuradova: "Hech bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmaydi, har bir ijtimoiy masala nazoratimizda bo‘ladi!"

"Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarimizga yordam berish, ularga davlatimiz tomonidan yaratilgan ijtimoiy xizmatlardan to'liq foydalanish imkonini yaratish bizning asosiy burchimizdir. Bugun ko'tarilgan murojaat bo'yicha mas'ul tashkilotlar bilan birgalikda tezkor amaliy choralar ko'ramiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

Murojaatning yakuniy va ijobiy hal etilishi shahar Kengashi raisi va okrug deputatining qat’iy nazoratida bo‘ladi.