Termiz tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qishki ko‘chat ekish ishlari qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda.
Yurtimiz bo‘ylab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Dj.Taxchiyeva hamda mahalla faollari tashabbusi bilan o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan hududda navbatdagi ko‘chat ekish ishlar tashkillashtirildi.
Unda mahalla fuqarolari tomonidan har-xil turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Tumandagi korxona va tashkilotlar va mahallalarda mevali va manzarali daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.