35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#Kengash_raisi
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: TTBda bepul dori ta’minoti va sterilizatsiya xizmatini yo‘lga qo‘yish masalasi o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik va sanitariya holatini yaxshilash hamda dori-darmon ta’minotining shaffofligini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati, shifokorlar qabuli, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ehtiyojmand va surunkali kasalligi bor fuqarolarga bepul dori vositalarining yetkazilishi holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, monitoring jarayonida tibbiyot birlashmasida sterilizatsiya xizmatini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish ehtiyoji mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masalaga amaliy yechim topish va sanitariya xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman Tibbiyot birlashmasiga deputat so‘rovi kiritilishi belgilandi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklanib, ijro intizomi Kengash nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2