35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
“AHIL” MAHALLASIDA IJRO MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

 “AHIL” MAHALLASIDA IJRO MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 10-“Ahil” saylov okrugidan saylangan deputati Abdujalil Xasanov tomonidan “Ahil” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, shuningdek, mahalla fuqarolarining murojaatlari va mavjud muammolarini hal etishda Majburiy ijro byurosi (MIB) bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Jumladan, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar asosida:

▪️ aliment majburiyatlarini undirish;
▪️ sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi;
▪️ kommunal to‘lovlardan yuzaga kelgan qarzdorliklarni undirish;
▪️ qarzdor fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borish;
▪️ mahalla va MIB o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Ta’kidlanganidek, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishda mahalla yettiligi va MIBning hamkorlikdagi faoliyati muhim ahamiyatga ega.

📌 Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ijro holatini nazoratga olish belgilandi.

🇺🇿 Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarni amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 4