35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
💊 Dori vositalaridan oqilona va belgilangan tartibda foydalanish holati o‘rganildi


👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🏥 O‘rganish davomida Mehnatobod oilaviy shifokorlik poliklinikasida dori vositalaridan oqilona va belgilangan tartibda foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

🔹 Jumladan, tibbiyot muassasasida mavjud dori vositalarining saqlanishi, ulardan foydalanish tartibi, bemorlarga dori-darmonlarni belgilangan tartibda tavsiya etish hamda dori vositalarining maqsadli va oqilona sarflanishi bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.

🔹 Shuningdek, dori vositalaridan foydalanishda belgilangan talab va me’yorlarga rioya etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mavjud kamchiliklarning oldini olish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda muassasalarda belgilangan tartiblarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4