35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#162_qonun

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi O‘RQ-706-son "Transport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan transport sohasida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅ transport xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi;

🚌 yo‘lovchilar va yuklarni tashish xizmatlarining sifati, xavfsizligi hamda uzluksizligi;

🚆 transport infratuzilmasini rivojlantirish, saqlash va undan samarali foydalanish holati;

🚦 yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalaridan foydalanishda belgilangan me’yorlarga amal qilinishi;

🤝 transport xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar.

📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — transport sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, transport tizimining barqaror va samarali faoliyatini ta’minlash, yo‘lovchilar hamda yuk tashish xizmatlari xavfsizligini oshirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va transport xizmatlari iste’molchilarining huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

🏢 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1