35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#biriktirilgan_tashkilot

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan Toyloq tumani tibbiyot birlashmasining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi M. O‘runov hamda qurilish bo‘limi mutaxassislari ishtirokida Navbahor mahallasidagi “Ispandi” oilaviy shifokorlik punkti binosida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
🔍Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori asosida 2 milliard so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilmoqda.
🔍O‘rganish davomida obyektda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining amaldagi holati, bajarilgan ishlarning sifati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🔍Shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlardan ortda qolayotgani qayd etilib, mas’ullarga qurilish jarayonini jadallashtirish, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🔍Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi yuzasidan muntazam monitoring olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4