Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг 8-сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
"Дала маданияти" бўйича учрашув.
янв.21
Халқ депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгашининг VII сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Муаммо бартараф этилди.
янв.21
Халк депутатлари Янгиқўрғон туман Кенгаши депутати Ашуров Алишер Иброхимович иштирокида 61-сонли мактабда махалла фаоллари билан йиғилиш ўтказилди.
янв.21
Deputat mahalla raislari bilan mahalladagi ijtimoiy-kommunal xizmatlardagi muammolarini hal etish bo‘yicha muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Фуқаро мурожаати ижроси бажарилди.
янв.21
"Tom orqa daromad manbai" tamoili asosida yerlardan unumli foydalanish
янв.21
Айни кунларда мамлакатимизнинг барча ҳудудларида эзгулик ғоялари тарғиботига бағишланган "Маърифат улашиб" лойиҳаси тадбирлари бўлиб ўтмоқда.
янв.21
Ҳорижий молия институтлари маблағи ҳисобидан Янгиқўрғон тумани ҳудудида амалга оширилаётган ишлар туман кенгаши депутатларининг доимий назоратида
SENATOR BOGʻOTLIK TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN QIZIQDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Abdukarimova 2025-yilning 7-fevral kuni Bog‘ot tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida unga xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashi raisi A.Radjabov hamrohlik qildi.

Dastlab tumandagi “Bog‘ot Siti” MCHJga qarashli issiqxonada bo‘lib u yerdagi sharoitlar bilan tanishib ishchilar bilan dildan suhbatlashdi.

“Bog‘ot Siti” MCHJ rahbari H.Avezov issiqxona uchun ajratilgan jami maydon 9,0 gektar, shundan 7,5 gektar maydoniga issiqxona tashkil qilib 5,0 gektar maydoniga pomidor ekilgan. 2,5 gektar maydonda esa pomidor hosili yig‘ishtirib olinib o‘rniga bodring ekilgan, 15-20 kundan keyin hosilga kirishi kutilmoqda. Issiqxonada 30 nafar doimiy, 70 nafar mavsumiy ishchi ishlaydi. Ishchilar bilan suhbat davomida ularning har oyda 3 mln. so‘mdan ish haqini o‘z vaqtida olayotganliklarini bildirdilar.

Shundan so‘ng tumandagi “Oazis” agrofirmasiga tashrif buyurdi. Agrofirma rahbari F.Maxmudova jami yer maydoni 2,5 gektar bo‘lib shundan 2,0 gektar yerida issiqxona tashkil qilingan.

Bugungi kunda issiqxonadagi pomidor hosili pishib yetilgan. Doimiy ishchilar soni 12 nafar, mavsumiy ishchilar soni 25 nafar.

Shuningdek Bog‘ot tumani hokimligida xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, bugungi kunda qonunchilikda bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar to‘g‘risida deputatlar xabardor qilindi. Uchrashuvda deputatlar tomonidan quyidagi muammolar ko‘tarildi.

1. Sh.Rajabov “3-Obod” saylov okrugidan deputati, M.Quvoqov hududidan oqib o‘tuvchi R-7b kanalini qazishda amaliy yordam ko‘rsatish.

2. E.Jumaniyozov “10-Y.Iskandarov” saylov okrugidan deputati, “Osyop” kanalining qazilishi boshlangan shuni oxiriga yetkazish.

3. U.Ibragimov “9-Dehqonbozor” saylov okrugidan deputati, “Osyop” kanalining boshlanish qismidagi dambani tiklashda yordam ko‘rsatish, natijada kanalga suv elektr nasoslarsiz o‘z holicha chiqishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 7