35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
🛡 XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH — E’TIBORDA

📍 Royat mahallasida
🗓 2026-yil 7-sentabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Yo‘ldasheva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Royat mahallasida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
⚖️ HUQUQIY ASOS
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-561-son, 2019-yil 2-sentabr.
📌 Mazkur Qonun xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
▪️ tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish;
▪️ muammoli oilalarni barvaqt aniqlash va ular bilan manzilli ishlash;
▪️ jabrlangan xotin-qizlarga huquqiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
▪️ himoya orderlarini qo‘llash va ularning ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
📌 XULOSA VA TAKLIF:
Mahallada xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlash, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish va muammolarni barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada mustahkamlash tavsiya etildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram

Slide 1 of 2