35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati "Mehrabod" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar manzilliligini ta’minlash hamda Kengash sessiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xususan, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy xodim faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” bo‘yicha tashkil etilib, Ijtimoiy xodim faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida "Mehrobod" mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak berish borasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi:

Maktab formasiga vaucherlar: Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 7 nafar o‘quvchiga jami 2,060 mln so‘mlik maktab formasi uchun vaucherlar ajratilgan;

Oziq-ovqat ko‘magi: Kam ta’minlangan 9 ta oilaga jami 412 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari uchun manzilli yordam ko‘rsatilgan. 

O‘rganish davomida mahalla mas’ullariga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, "Ijtimoiy reyestr"dagi hamda haqiqiy ehtiyojmand xonadonlarni doimiy e’tiborda tutish va ajratilayotgan ko‘maklarning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha deputatlik tavsiyalari berildi.