Sessiyada tuman saylov komissiyasi raisining joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Sessiyada O‘razbayev Ruslan Xajibayevich Gurlan tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.