Jizzax shahrida jurnalist va blogerlar uchun "O‘zbekiston jurnalist va blogerlarining ekologik korrupsiya mavzusini yoritish bo‘yicha bilim va salohiyatini oshirish" nomli ikki kunlik trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda soha vakillari atrof-muhit muhofazasi va korrupsiya muammolari kesishuvidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Mutaxassislar ekologik muammolarni yoritishda shaffoflik va xolislikni taʼminlash usullari haqida fikr almashishdi.
Tadbirda “Adolat” SDPdan xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashiga saylangan deputat S. Donishev ham ishtirok etib, bu boradagi o‘z tajribalari va amalga oshirayotgan ishlari bilan o‘rtoqlashdi.