35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ АСОСИДА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИ ЯНГИ ҚИЁФА КАСБ ЭТМОҚДА
янв.21
«Таълим тўғрисида»ги Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар спорти: имконият ва шароитлар янада кенгайтирилади
янв.21
Радивон маҳалласи ёшлари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
ҲАР БИР ХОНАДОН — ЭЪТИБОРДА, ҲАР БИР ОИЛА — ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛОВДА
янв.21
ЎРГАНИЛГАН МУАММОЛАР НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
янв.21
ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ВА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojieva tomonidan o‘zining saylov okrugi hududida joylashgan “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — mahallada aholi bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, Mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida Mahalla yettiligi a’zolarining o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, xonadonbay o‘rganishlar olib borish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida mahallada aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3